2025 yilda Qirg‘iziston fuqarolaridan internet firibgarlari orqali 826 million so‘m o‘g‘irlangan. Bu haqda Qirg‘iziston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Nurbek Abdiyev ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘g‘irlangan mablag‘ning faqat 73 million 986 ming so‘mini qaytarishga erishilgan.
Ma’lum qilinishicha, ko‘p holatlarda fuqarolar kartadan pul yechilganini 1–2 kundan keyin bilib qoladi. Shu vaqt ichida esa firibgarlar mablag‘ni boshqa hisoblarga o‘tkazib ulguradi.
Nurbek Abdiyev jabrlanganlar bunday holatda darhol bankka va IIVga murojaat qilishi kerakligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar o‘g‘irlikdan keyin bir sutka ichida chora ko‘rilsa, pulni qaytarish imkoniyati yuqoriroq bo‘ladi.