Qirg‘izistonda 2025 yil boshidan 12 yillik ta’lim joriy etiladi.
Bu haqda hukumat matbuot xizmati ma’lum qildi.
"Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasining qarori bilan respublikaning 12 yillik umumiy ta’lim tizimiga o‘tish konsepsiyasi tasdiqlandi, dasturni amalga oshirish 2025 yildan boshlanadi", — deyiladi matbuot xizmati xabarida.
12 yillik maktabni tamomlaganlik haqidagi guvohnoma 2027-2028 o‘quv yilidan boshlab beriladi.
Shu paytgacha Qirg‘iziston maktablarida 11 yillik maktab ta’lim tizimi mavjud edi.