Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasida qurol va o‘q-dorilar saqlangan yashirin joy topildi

Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasida qurol va o‘q-dorilar saqlangan yashirin joy topildi

28 mart kuni Qirg‘iziston-O‘zbekiston davlat chegarasida qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar saqlangan yashirin joy topildi. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Jalolobod viloyatining Suzoq tumanida chegara posboni bilan vazifasini o‘tayotgan xizmat iti davlat chegarasidan 600 metr masofada signal bergan.

“Chegarachilar bu joyda suv qudug‘iga yashiringan arralangan 16 kalibrli ov miltig‘ini topdi”, — deyiladi xabarda.

Qurol polietilen plyonka bilan o‘ralgan bo‘lgan. Qurol va o‘q-dorilar bayonnomaga muvofiq rasmiylashtirilib, Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi hududiy bo‘linmasi xodimlariga topshirilgan.

Kiritildi: 20:55 29.03.2023. O'qildi: 3475 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!