Qirg‘iziston hukumati qarori bilan ta’lim vaziri mast holda transport vositasini boshqargani sababli ishdan bo‘shatildi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzish davlat mansabdori maqomiga mutlaqo zid deb baholangan.
Hukumat bunday holatlarga nisbatan qat’iy pozisiya saqlanishini va qonun barcha uchun teng ekanini ta’kidladi.