AQSh vise-prezidenti Jey Di Vens Respublikachilar partiyasi Kongressga bo‘lib o‘tgan oraliq saylovlarda mag‘lubiyatga uchraganidan keyin Donald Trampning Eronga qarshi urushini ochiq tanqid qildi.
Amerika nashrlari ma’lumotlariga ko‘ra, Vens o‘z bayonotini Tramp bilan kelishmasdan e’lon qilgan bo‘lishi mumkin. Bu uning prezidentdan uzoqlashishga urinayotgani haqidagi taxminlarni keltirib chiqardi.
Vens 2028 yilgi prezidentlik saylovlarida respublikachilar nomzodi bo‘lishi mumkin. Tahlilchilar uning tanqidi Tramp ma’muriyatining omma orasida norozilik uyg‘otgan qarorlari uchun javobgarlikdan chetda qolish va o‘z siyosiy pozisiyasini shakllantirishga qaratilgan bo‘lishi mumkinligini ta’kidlamoqda.
Shuningdek, AQSh Davlat kotibi Marko Rubio ham 2028 yilgi saylovlarda ehtimoliy nomzodlardan biri sifatida tilga olinmoqda. U lavozimidan ketishi haqidagi xabarlarni rad etdi.