Bugun 25 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Qirg‘iziston madhiyasini qayta yoziladi

Qirg‘iziston madhiyasini qayta yoziladi



Parlament spikeri Nurlanbek Shakiyev Qoraqirg‘iz avtonom viloyatining 100 yilligi va davlat arbobi Imanali Aydarbekovning 140 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda Qirg‘iziston madhiyasini qayta yozishini ma’lum qildi.

«Biz hozirgi madhiyani Sovet Ittifoqidan birinchi chiqqanimizda qabul qilganmiz. Endi biz oyoqqa turgan, taraqqiyot yo‘lidan borayotgan davlatmiz. Shuning uchun madhiyani o‘zgartirishga majburmiz. Shunday bo‘lishi kerakki, hamma qo‘shiq aytsin», - deydi Nurlanbek Shakiyev.

Qirg‘iziston Respublikasining davlat madhiyasi 1992 yil 18 dekabrda Qirg‘iziston Respublikasi Oliy Kengashining qarori bilan tasdiqlangan. Dastlab u uch bayt va xordan iborat bo‘lgan, biroq Jogorku Keneshning 2012 yil 27 dekabrdagi qarori bilan ikkinchi bayt chiqarib tashlangan.

Kiritildi: Bugun 14:17. O'qildi: 432 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!