Bugun 12 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Qirg‘iziston Konstitusiyaviy sudi mamlakatda o‘lim jazosini qaytarish tashabbusini rad etdi

Qirg‘iziston Konstitusiyaviy sudi mamlakatda o‘lim jazosini qaytarish tashabbusini rad etdi

Qirg‘iziston Konstitusiyaviy sudi 2025 yil 10 dekabrda Konstitusiyaga o‘zgartirish kiritish orqali o‘lim jazosini tiklashni “nomaqbul va yuridik jihatdan imkonsiz” deb topdi. Qayd etilishicha, bu Konstitusiya va mamlakatning xalqaro majburiyatlariga zid hisoblanadi.

Qirg‘izistonda 2025 yil sentyabr oyi oxirida 17 yoshli Aysulu Mukashevaning zo‘rlanib o‘ldirilishi ortidan o‘lim jazosini qaytarish masalasi ko‘tarildi. Mamlakat prezidenti Sadir Japarov Konstitusiyaga bolalarni zo‘rlash, shuningdek, bolalar yoki kattalarni o‘ldirish bilan bog‘liq zo‘rlash jinoyatlari uchun o‘lim jazosini qo‘llashga ruxsat berish bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritishni buyurgandi. Bundan tashqari, o‘lim jazosini taqiqlash haqidagi xalqaro shartnomadan chiqish ham taklif qilingandi.

Oradan ko‘p o‘tmay Qirg‘iziston prezidenti ma’muriyati o‘lim jazosini qaytarish uchun Konstitusiyaga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ygan edi.

Kiritildi: 22:05 11.12.2025. O'qildi: 308 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!