Respublika Rossiya maxsus operasiyasi ramzi millatlararo adovatni qo‘zg‘atishga yordam beradi, deb hisoblaydi.
“Fuqarolarni 9 may — Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alaba kuni munosabati bilan bo‘lib o‘tadigan "O‘lmas polk" kortejida ko‘rsatilgan formani kiymaslikka chaqiramiz”, — deyiladi xabarda.
Departament milliy adovatni qo‘zg‘atishga qaratilgan harakatlar uchun javobgarlikni eslatdi.
Qirg‘izistonda ushbu moddaga ko‘ra 7,5 yilgacha qamoq jazosi qo‘llaniladi.