Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Qimmat emas: iPhone 12 Pro'ning haqiqiy narxi ma’lum bo‘ldi

Qimmat emas:  iPhone 12 Pro'ning haqiqiy narxi ma’lum bo‘ldi

 iPhone 12 Pro komponentlarining narxi 400 dollardan sal ko‘proq. Bu haqda Nikkei nashri xabar berdi.

Mutaxassislar Apple kompaniyasi flagman smartfonining barcha tarkibiy qismlarini o‘rganib chiqib,  iPhone 12 Pro'ning qo‘shimcha narxlarisiz haqiqiy narxi 406 dollarni tashkil etishini aniqladilar. Smartfonni ishlab chiqarishda Janubiy Koreya yetkazib beruvchilari katta rol o‘ynadi – osiyolik hamkorlarning komponentlari narxi umumiy ulushning 26,8 foizini tashkil etdi. Jurnalistlar ushbu ulush  iPhone 11'ga qaraganda yuqori ekanligini payqashdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi  iPhone'ning eng qimmat komponenti OLED displeyi bo‘lib, ekranlarni Janubiy Koreyaning Samsung Display va LG Display kompaniyalari yetkazib beradi. 

Jurnalistlar tomonidan 406 dollarga baholangan  iPhone 12 Pro'ni kamida 999 dollarga sotib olish mumkin.

Kiritildi: 15:54 26.11.2020. O'qildi: 5613 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!