Tojikistonda 14 aprel, dushanbaga o‘tar kechasi 4,5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Yevropa-O‘rta Yer dengizi seysmologiya markazi saytida xabar berildi.
Qayd etilishicha, yerosti silkinishlari UTC bo‘yicha 0:44 (Toshkent vaqti bilan 5:44) da Rasht shahridan 23 km uzoqlikda qayd etilgan. Zilzila episentri 5 kilometr chuqurlikda joylashgan. Xabar e’lon qilinayotgan vaqtda ehtimoliy qurbonlar haqida ma’lumot berilmagan.
Bir kun avval, 13 aprelda Tojikistonda ikki marta zilzila qayd etilgan edi. Ularning episentrlari Rasht tumani markazi yaqinida, mamlakat poytaxti Dushanbedan 180 km sharqda joylashgan.