Bugun 22 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Qidiruvdagi BYD SEAGULL topildi

Qidiruvdagi BYD SEAGULL topildi

Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi ish yurituvidagi banklar foydasiga undiruv bilan bog‘liq hujjatlar ijrosini ta’minlash borasida tizimli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Xususan, kuni kecha boshqarmaning Alohida muhim ijro hujjatlarini ijro etish va qidiruv sho‘’basi xodimlari hamkorligida olib borilgan tadbir davomida garovdagi BYD SEAGULL transport vositasi jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Gap shundaki, Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor S.T. dan Turonbank” ATB Namangan BXM foydasiga jami 133 238 647,73 so‘m kredit qarzdorlikni undirish belgilangan. Ijro hujjatida ko‘rsatilgan qarzdorlikni garovdagi BYD SEAGULL ga qaratish ko‘rsatilgan.

Ixtiyoriy muddatda qarzdorlik bartaraf etilmagani sababli majburiy ijro harakatlari olib borildi. Mazkur ijro hujjatiga asosan qarzdorga tegishli 2023 yilda ishlab chiqarilgan BYD SEAGULL rusumli avtotransport vositasi topilib, avtomashina jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Kiritildi: 11:58 21.05.2025. O'qildi: 551 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!