O‘zbekiston Respublikasi IIV TQD JQX Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi, DXX hamda davlatimizning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mamlakatimiz hududida jinoiy uyushma yetakchisi sifatida bir qator jinoyatlarni sodir etishda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan va Turkiya davlatida tergovdan yashirinib yurgan «Gryaz» laqabli 1993 yilda tug‘ilgan YO.M., joriy yilning 5 dekabr kuni O‘zbekistonga qaytarilib, tergov organlariga topshirildi.
Ushbu shaxs O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 112-moddasi 2-qismi, 164-moddasi 4-qismi, 165-moddasi 3-qismi, 173-moddasi 2-qismi va 242-moddasi 1-qismi bilan ayblanib, 2023 yilda Yashnobod tumani IIO FMB tomonidan qidiruvga e’lon qilingan edi.