Bugun 25 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

Qibrayda qurilish mollari do‘konida yong‘in chiqdi

A A A
Qibrayda qurilish mollari do‘konida yong‘in chiqdi

FVV Qibray tumanida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Bugun, 23 iyul soat 10:50 da Toshkent viloyati FVBga, Qibray tumani, "G‘.G‘ulom" MFY, "A.Navoiy" ko‘chasida joylashgan yashash uyi va qurilish mollari do‘konida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, yong‘inni o‘chirish uchun 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 10:57 da voqea joyiga borib, 11:17 da o‘rab olingan va yong‘in soat 11:50 da to‘liq o‘chirilgan.

Tan jarohati olganlar to‘g‘risida murojaat kelib tushmagan.

Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.

Kiritildi: 12:11 23.07.2025. O'qildi: 2395 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!