Bugun 22 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Qibray tumanida “Mening mahallam – mening sudyam” loyihasi amalda ijro qilinmoqda

A A A
Qibray tumanida “Mening mahallam – mening sudyam” loyihasi amalda ijro qilinmoqda

Qibray tumani hududidagi eng katta maxalla hisoblangan “Baytqo‘rg‘on” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida jinoyat ishlari bo‘yicha Qibray tuman sudining raisi S.Dusmanov va Toshkent viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi D.Sulaymonovning ishtirokida, hududdagi huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilikka qarshi kurashish, shuningdek fuqarolarning huquqiy masalalar yuzasidan muammolarini tizimli hal etish va aholining huquqiy ongini doimiy oshirib borish maqsadida sayyor qabul o‘tkazildi.

Qibray tumanida “Mening mahallam – mening sudyam” loyihasi amalda ijro qilinmoqda

Qibray tumanida “Mening mahallam – mening sudyam” loyihasi amalda ijro qilinmoqda

Qibray tumanida “Mening mahallam – mening sudyam” loyihasi amalda ijro qilinmoqda

Tashkil qilingan uchrashuvda asosiy mavzu “Baytqo‘rg‘on” mahallasi “qizil hudud”ga kiritilgan maxalla hisoblangani bois, hududda tan jarohati yetkazish, firibgarlik va jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar soni birmuncha oshganligi, bu toifadagi jinoyatlarni takrorlanishini oldini olish yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida, mazkur hudud aholisi ishtirokida 2022 yilning besh oyi davomida ular istiqomat qilayotgan mahallada sodir etilgan jinoyatlar yuzasidan chiqarilgan sud hukmlari va xususiy ajrimlar muhokama qilinib, hudud aholisiga ularni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.

Kiritildi: 16:57 29.06.2022. O'qildi: 2767 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!