Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Qaysi fanlar ikki guruhga bo‘lib o‘qitiladi?

Qaysi fanlar ikki guruhga bo‘lib o‘qitiladi?

Qonunchilikka ko‘ra, malakali o‘qituvchilar yetarli bo‘lgan quyidagi hollarda sinfdagi o‘quvchilarni ikki guruhga bo‘lib o‘qitishga ruxsat etiladi:

➖o‘quvchilar soni 25 nafar va undan ziyod bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining I — XI sinflarida "Chet tili" fani;

➖ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ixtisoslashgan fanlar;

➖V — XI sinflarda "Informatika va axborot texnologiyalari";

➖VIII — XI sinflarda "Jismoniy tarbiya";

➖V — IX sinflarda "Texnologiya";

➖X-XI sinflarda "Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik" fanlari;

➖ta’lim tili o‘zbek tili bo‘lmagan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining II — XI sinflarida "O‘zbek tili" fani;

➖ta’lim tili rus tili bo‘lmagan umumta’lim muassasalarining II — XI sinflarida "Rus tili" fani.

Kiritildi: 21:26 25.09.2023. O'qildi: 3757 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!