Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Qaysi elektron qurilmalarni rozetkadan uzib qo‘yish shart emas?

Qaysi elektron qurilmalarni rozetkadan uzib qo‘yish shart emas?

Agar elektron qurilmadan foydalanmasak, uni rozetkadan uzib qo‘yishimiz kerakligini bolaligimizdan hammamizga uqtirishgan. Ammo elektr tarmog‘iga doimiy ravishda ulangan holda ishlaydigan qurilmalar ham bor. Ba’zi ishlab chiqaruvchilar elektron qurilmalarning butun sutka davomida tarmoqdan uzilmasligi uchun zarur choralarni ko‘rishgan. Bular quyidagilardir:  

Wi-fi router

Uy internetidan foydalanmaydiganlar kam topiladi. Smartfonlar, onlayn televizor va hatto, “aqlli” texnologiyalarning tobora ommalashib borishi Wi-fi tarmog‘iga doimiy ulanishni talab qiladi. Wi-fi routerlar kun davomida tarmoqqa ulangan holda uzluksiz ishlaydi. Ishlab chiqaruvchilar ushbu qurilmaning uzluksiz ishlashini ko‘zda tutgan, shuning uchun uni qisqa tutashuv bo‘lgan taqdirdagina o‘chirish kerak.

Muzlatgich

Agar eski muzlatgichlarni vaqti-vaqti bilan eritib, ta’til paytida o‘chirib qo‘yish kerak bo‘lsa, zamonaviylari “No Frost” texnologiyasi va “Dam olish” rejimiga ega. Boshqacha aytganda, muzlatgich elektr manbaiga ulangan holda yaroqlilik muddati tugagunga qadar ishlay oladi.

Bu muddat o‘rtacha 5-7 yilni tashkil qiladi.

Kondisioner

Kondisioner ham butun sutka davomida ishlashi mumkin bo‘lgan elektr jihozlari sirasiga kiradi. Ishlab chiqaruvchilar buni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan barcha xavfsizlik vositalarini ishlab chiqishgan. Sababi, uni, odatda, qo‘l yetmaydigan joyga o‘rnatishadi va yoqish-o‘chirish tugmasini bosish oson bo‘lmaydi.

Elektron pechli shkaf

Gaz plitasi ham pechka, ham pishirish yuzasidan iborat bo‘lgan vaqtlar o‘tdi. Endi ularning alohida turlari keng qo‘llanilmoqda. Elektr pech shkafi har doim rozetkaga ulangan turadi, chunki rozetka uskunaning orqasida joylashgan va unga qo‘l yetishi qiyin. Ishlab chiqaruvchilar buni inobatga olgan holda ana shunday imkoniyatini yaratishgan. Xavotirlanishga hojat yo‘q.

Havo tozalagichlar – ionizatorlar

Ushbu qurilmalar xonadagi havoni tozalashning barcha yo‘llarini amalga oshiradi: ular havodagi eng kichik chang zarralarini olib tashlaydi, shuningdek, “quvvatlantiradi”, ya’ni ignabargli o‘rmon (ionizator) effektini hosil qiladi. Bu turdagi zamonaviy qurilmalar doimiy ravishda elektr tarmog‘iga ulangan bo‘ladi, ammo vaqti-vaqti bilan ishga tushib, havoni tozalaydi va yana “uyqu” rejimiga o‘tadi. Bunday elektr jihozlarini rozetkadan uzish shart emas.

 

Kiritildi: 08:53 09.12.2019. O'qildi: 4913 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!