Hademay yozgi transfer boshlanadi. Yevropa klublari esa allaqachon bu borada yeng shimarib ishga kirishishgan.
Xususan, "Real" hamda "Barselona" allaqachon ayrim transferlarni amalga oshirib bo‘lishdi. Rasmiylashtirish qoldi, xolos. Shuningdek, bu klublar yana futbolchilar xarid qilish niyatida. Grizmanndan ayrilgan "Atletiko" ham yozda faol bo‘lish niyatida. E’tiboringizga uchala jamoaning keyingi mavsum uchun taxminiy asosiy tarkibini havola etamiz. Xo‘sh, aytingchi, qaysi tarkib kuchliroq?