Massachusets texnologiya instituti mutaxassislari koinotda hayot suvsiz kechishi mumkinligini taxmin qilishdi.
Mutaxassislar sulfat kislotadan organik birikmalar olishning turli usullarini sinab ko‘rish natijasida shunday xulosaga kelishdi. Demak, ionli suyuqlik hayotning kelib chiqishi uchun muqobil muhitga aylanishi mumkin.
Yuqori haroratli - 180 darajagacha - va past bosimli sayyoralarda ionli suyuqlik paydo bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, Yerda u tabiiy ravishda faqat ikkita o‘ziga xos turdagi chumolilarning zaharlarini birlashtirish orqali hosil bo‘ladi. Biroq ionli suyuqlik sanoat maqsadlarida sintezlanadi.