Bugun 15 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Qatarlik investorlar "Tottenxem"ning 25 foiz ulushini sotib olmoqchi

A A A
Qatarlik investorlar "Tottenxem"ning 25 foiz ulushini sotib olmoqchi

Londonda "Tottenxem"ning chorak ulushiga egalik qilish borasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Fransiyaning PSJ klubi prezidenti Nosir Al Helayfi o‘tgan hafta Londonda Deniel Levi bilan ko‘rishdi. Leviga yaqin manbalar ushbu uchrashuv faqatgina do‘stona asosda bo‘lib o‘tganini ta’kidladi.

Soha mutaxassislarining ma’lum qilishlaricha, "Qatar Sports Investment" 1 milliard funtga yaqin mablag‘ evaziga klubning 25 foiz aksiyasini sotib olishi mumkin. QSI o‘zining bir vaqtda bir necha klublarga egalik qilish modelini amalga oshirmoqchi. Kompaniya Qatardagi Jahon chempionatidan keyin biror klubga sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda.

Ayni paytda Angliyada "Manchester Yunayted" va "Liverpul" investorlar tomonidan "ovlanmoqda". UYEFAning Yevropa klublari musobaqalarida bir xil mulkchilik ostidagi jamoalar to‘g‘risidagi qoidalariga ko‘ra, QSI faqatgina ozchilik ulushga egalik qilishi mumkin.

Investorlar guruhi o‘tgan yilning oktyabr oyida Portugaliyaning "Braga" klubi 22 foiz aksiyalarini 90 mln yevro evaziga sotib olgan edi.

Kiritildi: 21:34 11.01.2023. O'qildi: 2290 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!