Qatarning Ras-Laffan gazni qayta ishlash zavodida sodir bo‘lgan portlash oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi, 66 nafar kishi jarohatlandi. Bu haqda QatarEnergy ma’lum qildi.
Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, portlash qo‘poruvchilik harakati emas, balki baxtsiz hodisa natijasida yuz bergan.
Shuningdek, kompaniya vakillari hodisa Qatarning tabiiy gaz eksportiga ta’sir ko‘rsatmasligini va yetkazib berish ishlari reja asosida davom etayotganini ta’kidladi.
Hodisa sabablari yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.