Agar Vashington manfaatdor bo‘lsa, Qatar AQSh va Venesuela o‘rtasidagi inqirozni hal qilishda vositachi bo‘lishi mumkin.
Bu haqda Qatar bosh vaziri va tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdulrahmon Ol Tani Nyu-Yorkdagi Xalqaro aloqalar kengashida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Doha hozircha bu yo‘nalishda aniq qadamlar qo‘ygani yo‘q.
"Venesueladagi sa’y-harakatlarimizga kelsak, biz buni AQShning sobiq prezidenti Jo Bayden prezidentligi davrida, ikki hukumat o‘zaro hamkorlik qila boshlaganida boshladik. Bu o‘zaro aloqa vataniga qaytgan bir necha amerikalik fuqarolarning ozod qilinishiga olib keldi. Endi AQSh prezidenti Donald Tramp kelishi bilan biz ular bilan aloqani tikladik. Agar AQSh hali ham manfaatdor bo‘lsa, biz bu jarayonni tashkil etishga yoki jiddiy yordam berishga tayyormiz", dedi u.
The New York Times (NYT) avvalroq Qatar Vashington va Karakas o‘rtasidagi inqirozni hal qilishda vositachilik qilmoqchi ekanligini xabar qilgan edi. Gazetaning manbalariga ko‘ra, Venesuyela rasmiylari Qatarning sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi, ammo AQSh ma’muriyatini diplomatiyadan ko‘ra ko‘proq harbiy vositalar qiziqtiradi.