Qatar Isroilning Dohada XAMAS yetakchilariga qarshi hujumiga javob beradi.
Bu haqda Qatar bosh vaziri va tashqi ishlar vaziri Shayx Muhammad bin Abdulrahmon bin Josim Ol Soniy CNN telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qilgan.
Uning ta’kidlashicha, yaqin vaqt ichida Qatar poytaxtida mintaqaviy sheriklar bilan Isroilning harakatlariga tegishli javobni muhokama qilish uchun sammit o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bosh vazir uchrashuvning aniq sanasini aytmadi.
Al Tani, shuningdek, Qatar G‘azoda sulhga erishish uchun Isroil va XAMAS o‘rtasidagi vositachi rolini, shuningdek, kelajakda Qatarda harakat vakillarining bo‘lishini butunlay qayta ko‘rib chiqayotganini aytdi.
U Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxuni Yaqin Sharqni tartibsizlikka yetaklaganlikda va muzokaralarda samimiy pozisiyani bildirmagan holda Qatarning vaqtini behuda o‘tkazayotganlikda aybladi.
Qatar bosh vazirining qo‘shimcha qilishicha, Isroil havo hujumi natijasida davlat amaldorlari jarohatlangan, ularning ahvoli og‘ir.