Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy, BAA prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon va Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvida Eron yadroviy inshootlariga hujum qilishga qarshi chiqdi.
Bu haqda Axios portali ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Ular Isroil yoki AQShning Eron yadroviy inshootlariga ehtimoliy zarba berishiga qarshi ekanliklarini bildirib, Trampni yangi yadroviy kelishuvga erishishga chaqirishgan. Rahbarlar o‘z mamlakatlari AQShning ehtimoliy hujumi tufayli Eronning qasos nishoniga aylanishi mumkinligidan xavotir bildirdi, chunki ularning hududida AQSh harbiy bazalari joylashgan.
Axios nashrining yozishicha, Qatar amiri Trampga bunday ssenariyda Fors ko‘rfazi davlatlari eng ko‘p zarar ko‘rishini aytgan.
Saudiya Arabistoni va Qatar ham Isroilning Eronga zarba berishi mumkinligidan xavotir bildirdi.