Qatar hukumati AQSh va Eron o‘rtasidagi muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangani haqida tarqalgan xabarlarni asossiz deb atadi.
Tasnim News xabariga ko‘ra, Qatar hukumatining Xalqaro media idorasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bunday ma’lumotlar yolg‘on va chalg‘ituvchi ekanini bildirgan.
Idora bayonotida Qatar tashqi ishlar vazirining so‘zlari ataylab buzib talqin qilingani, bu esa keskinlikni kuchaytirish va diplomatik sa’y-harakatlarga to‘sqinlik qilishga qaratilgani ta’kidlangan.
Shuningdek, Qatar AQSh va Eron bilan yaqin muvofiqlashuv asosida muzokaralar jarayonini qo‘llab-quvvatlash va vositachilik sa’y-harakatlarini davom ettirayotganini ma’lum qilgan.