Bugun 21 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Qashqadaryodagi YTHda Nexia ikkiga bo‘linib ketdi

Qashqadaryodagi YTHda Nexia ikkiga bo‘linib ketdi

Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida Nexia mashinasi Gentra bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir etdi. Viloyat IIB YHXB axborot xizmati ma’lum qilishicha, hodisa 14 oktyabr kuni soat 18:20 larda sodir bo‘lgan.

"«Qarshi-Nishon-Tallimarjon-GRES» avtomobil yo‘lining Nishon tumanidan o‘tuvchi qismida harakatlanayotgan Nexia mashinasi haydovchisi quvib o‘tish qoidalarini buzib, qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan Gentra’ning yo‘liga chiqib ketib, u bilan to‘qnashgan", deyiladi rasmiy xabarda.

YTH natijasida Nexia haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib vafot etgan. Mashinada bo‘lgan yo‘lovchilar tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Kiritildi: 15:25 20.10.2024. O'qildi: 810 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!