Janjalni sodir etgan 11 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzildi.
Bir guruh yoshlar to‘yda ommaviy mushtlashuv uyushtirgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Ushbu holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB matbuot xizmati ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, mushtlashuv joriy yilning 2 sentyabr kuni Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi to‘yxonada to‘y marosimi o‘tayotgan vaqtda sodir bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, mushtlashuvda kelin-kuyovning do‘stlari va qarindoshlari ishtirok etgan.
Mazkur hodisaning 11 nafar ishtirokchisiga nisbatan MJtKning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Qayd etilishicha, voqeadan keyin tomonlar uchrashib, bir-birlariga qarshi yozilgan arizalarni qaytarib olishgan.