Joriy yil 23 fevral kuni soat 21:08da Mening yurtim kanali «Markaziy studiya» dasturida «Qarshi tumani «Qozikent» mahallasida maktab yo‘qligi, bolalar uzoq yo‘l bosib boshqa qishoqdagi maktabga qatnab o‘qiydi» mazmunidagi tanqidiy murojaat yuzasidan rasmiy munosabat:
Qarshi tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi:
Qarshi tuman G‘ubdin maxallasi Yangi Qozikenti qishlog‘idan qilingan maktab qurish to‘g‘risidagi murojaatga javoban:
G‘ubdin MFYda jami 910 nafar maktab yoshidagi bolalar mavjud bo‘lib, shundan 784 nafari mahalladagi 1-sonli maktabga qamrab olingan.Ushbu mahalla hududiga kiruvchi yangi Qozikenti qishlog‘idagi 126 nafar bolalar Qarshi shahar 27-sonli maktabda tahsil olib kelmoqda.Hozirda mazkur qishloqdagi fuqarolarning murojaatini inobatga olib, Qashqadaryo viloyat hokimining 2024 yil 16 yanvardagi 41-4-0-Q/24-sonli qarori bilan Yangi Qozikenti qishlog‘ida 1 gektar yer maydoni ajratildi hamda 2024 yilda 330 o‘rinli bino qurilishi rejalashtirilgan.