Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Qashqadaryodagi falokat natijasida bir yo‘lovchi vafot etdi

A A A
Qashqadaryodagi falokat natijasida bir yo‘lovchi vafot etdi

2022 yil 16 iyun kuni soat taxminan 05:30lar chamasida haydovchi A.S. boshqaruvida bo‘lgan “Neksiya 1” rusumli avtomashinasi bilan Qarshi shahar aylanma yo‘lidan, Nishon tumanidan Samarqand viloyati tomonga harakatlanib kelib “Bog‘obod” MFY hududidagi “Sharshara” choyxonasi oldidagi chorrahada qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan haydovchi A.T. boshqaruvida bo‘lgan “Zil-130” rusumli yuk avtomashinasi bilan ushbu chorrahadan qayrilib olayotgan vaqtida old qismi bilan “Neksiya 1” rusumli avtotransport vositasiga urilib, yo‘l transport xodisasi sodir etgan.

Natijada “Neksiya 1” rusumli avtomashina salonida yo‘lovchi sifatida kelayotgan fuqaro N.O‘. olgan tar jaroxati tufayli shifoxonada ko‘rsatilgan tez tibbiy yordamga qaramasdan vafot etgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Qarshi tumani IIB TB tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 11:14 16.06.2022. O'qildi: 3161 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!