Qashqadaryoda qo‘ylar podasini avtomobil urib yuborgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat YHXB matbuot xizmati holat oktyabr oyida sodir bo‘lganini ma’lum qildi.
17 oktyabr kuni soat 05:00 larda Surxondaryo viloyatida yashovchi fuqaro A.S. boshqaruvida bo‘lgan Isuzu rusumli transport vositasi bilan Ko‘kdala tumani hududidan o‘tuvchi A-378 G‘uzor—Samarqand avtomobil yo‘lining 105-kilometrida boshqarib ketayotib, G‘uzor tumanida yashovchi SH.T. hamda Q.Q.ning 95 bosh mayda shoxli mollarini urib yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Ko‘kdala tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.