Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

Qashqadaryoda yoqilg‘i quyish shoxobchasi yondi: jarohat olganlar bor

Qashqadaryoda yoqilg‘i quyish shoxobchasi yondi: jarohat olganlar bor

Qashqadaryodagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in yuz berdi.

10 mart kuni Qashqadaryo viloyati, Kasbi tumani "Do‘stlik" MFY hududida joylashgan yoqilg‘i quyish shoxobcha hovlisida 2 ta 9 tonnali sig‘im yongan.

Voqea joyiga qutqaruv xizmatida 4 ta yong‘in qutqaruv bo‘linmalari yetib borib, yong‘in to‘liq o‘chirgan.

FVV rasmiy xabariga ko‘ra, yong‘in oqibatida 2 nafar fuqarolar kuyish tan jarohatini olgan. Hozirda ularning ahvoli yaxshi ekani aytilmoqda. Halok bo‘lgan fuqarolar yo‘q.

Yong‘in sababi va zarariga aniqlik kiritilmoqda.

Kiritildi: 02:04 11.03.2025. O'qildi: 1258 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!