Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Kitob tumani hokimligi, IIB va boshqa mas’ul idoralar xodimlari tomonidan yo‘lning Taxtaqoracha dovoni yaqinidagi xavfli qismida maxsus taktik tadbirlar o‘tkazildi.
Chora-tadbirlar yo‘l yoqasida o‘pirilish va tosh qulash xavfi yuqori bo‘lgan hududda fuqarolar va transport vositalarining xavfsiz harakatlanishini ta’minlashga qaratildi.
Mutaxassislarning xulosasiga ko‘ra, ushbu dovondan o‘tuvchi avtomobil yo‘liga tosh tushish xavfi bo‘lgan 17 ta joylardan viloyat FVB qutqaruv otryadi qutqaruvchilari tomonidan majburiy tosh tushirish ishlari amalga oshirildi.
Shu bilan birga, viloyat Favqulodda vaziyatlar Davlat quyi tizimi (FVDqT) kiruvchi xizmatlari hamkorligida tushirilgan tog‘ jinslari qatnov qismidan olib tashlash ishlari bajarildi.
Esdatib o‘tamiz, joriy yilning 8 noyabr kuni Taxtaqoracha dovonida Cobalt ustiga katta tosh tushib ketishi oqibatida 3 kishi (ularning ikki nafari Vengriya fuqarosi bo‘lgan) halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik.