DXXga ko‘ra, Shahrisabzda yashovchi fuqaro hovlisidagi 5,3 sotixli issiqxonada 714 tup nasha o‘simligini parvarishlab kelayotgani aniqlangan.
Boshqa holatda esa Yunusobod tumanida to‘xtatilgan, muqaddam sudlangan fuqaro yonidan 1 kg 994 gramm gashish chiqqan.
Hozirda holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.