Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Qashqadaryoda to‘yda bir erkak tanishlari tomonidan pichoqlandi

A A A
Qashqadaryoda to‘yda bir erkak tanishlari tomonidan pichoqlandi

2 iyun kuni Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahridagi to‘yxona oldida katta janjal yuz bergan. Tantana bilan boshlangan kun ming afsuski pichoqbozlik bilan yakun topgan.

Viloyat IIB xabariga ko‘ra, o‘sha kuni soat 21:30 larda Shahrisabz shahri, “Qushxona” MFYda joylashgan “Billur” to‘yxonasi oldida S.J. hamshahri N.Q. va yana bir fuqaro bilan janjallashib qolgan. Bu vaqt davomida N.Q. fuqaro S.J.ning o‘ng bilak sohasi va o‘ng oyoq boldir sohasiga pichoq bilan tan jarohati yetkazgan. Natijada S.J. tan jarohati olib, Shahrisabz shahar Tibbiyot birlashmasi shifoxonasiga tushgani aytiladi.

IIB xabariga ko‘ra, hozirda mazkur holat yuzasidan Shahrisabz shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 22:55 14.06.2022. O'qildi: 3918 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!