Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Qashqadaryoda tarbiyachi bexosdan qaynagan suvni bolaning peshonasiga to‘kib yubordi

Qashqadaryoda tarbiyachi bexosdan qaynagan suvni bolaning peshonasiga to‘kib yubordi

Prokuratura holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazmoqda.

Qashqadaryoda tarbiyachi bexosdan qaynagan suvni tarbiyalanuvchi bolaning peshonasiga to‘kib yubordi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, G‘uzor tuman 4-DMTTda tarbiyalanuvchilarni tashqaridan ichkariga tushlik vaqtiga saf bilan olib kirilayotganda DMTTda faoliyat yurituvchi SH.Y. hamda tarbiyalanuvchi N.M.ning to‘qnashishi oqibatida qaynagan suv bolaning peshona chap yonoq sohasi qismiga to‘kilgan.

Mazkur holat davomida DMTT hamshirasi SH.M. tomonidan zudlik bilan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Shundan so‘ng, tarbiyalanuvchi N.M.ni otasi chaqirtirilib, DMTT xodimlari ishtirokida G‘uzor tuman shoshilinch tez tibbiyot birlashmasiga olib borilib, zaruriy choralar ko‘rilgan.Bundan tashqari Tibbiyot birlashmasi kuzatuv va tekshiruv o‘tkazgandan so‘ng, tarbiyalanuvchi va otasi tibbiyot birlashmasidan ketib qolganini №554 ma’lumotnomada keltirib o‘tgan.

Tarbiyalanuvchi N.M.ning tibbiy ko‘riklardan o‘tkazilishi uning sog‘ligini tez tiklashi uchun o‘z DMTT mas’ullar tomonidan ham moliyaviy yordam ko‘rsatilgan.Hozirda o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragan ta’lim tashkiloti mas’ul xodimlariga ta’sir chorasi qo‘llanilishi yuzasidan yetarli hujjatlar to‘planib xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

Bundan tashqari mazkur holat yuzasidan G‘uzor tuman Prokuraturasi tomonidan ham o‘rnatilgan tartib asosida o‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda. O‘rganishlar yakuniga doir qo‘shimcha axborot beriladi. "Shuningdek, Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragan yoki mehnat munosabatlarini qo‘pol ravishda buzgan pedagog sha’niga dog‘ tushirayotgan xodim faoliyatini keskin qoralaydi", - deyiladi xabarda.

Kiritildi: 15:04 11.04.2025. O'qildi: 977 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!