Bugun 10 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Qashqadaryoda maktab o‘quvchisi kaltaklandimi?

Qashqadaryoda maktab o‘quvchisi kaltaklandimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda «Shahrisabz tumanidagi 33-maktab o‘quvchisi kaltaklandimi?» nomli videomurojaat yuzasidan Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmatining rasmiy munosabati e’lon qilindi:

Aniqlanishicha, 2024 yil 9 oktyabr kuni Shahrisabz tuman 33-umumiy o‘rta ta’lim maktabida soat 10:30 lar atrofida maktabning ingliz tili fani o‘qituvchisi U.S. (ayol kishi) 5-«b» sinf o‘quvchisi M.P.ga maktabdagi «boshqa o‘quvchilarga hurmatsizlik qilma» deb ta’kidlagandan so‘ng, o‘quvchi M.P. mazkur maktabdagi U.S. (ingliz tili o‘qituvchisini haqoratlashga uringan) shundan so‘ng, maktab o‘qituvchisi U.S. o‘quvchi M.P. ni ma’naviyat xonasiga olib borishga uringanda qo‘li bexosdan o‘quvchi burniga tegib ketganligi oqibatida burun sohasidan qon kelishi holati yuzaga kelgan. Shundan so‘ng, o‘quvchi M.P. onasini mazkur ta’lim tashkilotiga olib kelgan va o‘qituvchi U.S. hamda M.P. ni onasi o‘rtasida janjal sodir etilgan, — deb izoh berdi maktab ma’muriyati.

Holat yuzasidan tezkorlik bilan Shahrisabz tumanidagi 33-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilingan. Hozirda o‘qituvchi U.S. murojaati Shahrisabz tumani IIB mas’ullari ishtirokida atroflicha o‘rganilmoqda. Bundan tashqari Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarma boshlig‘i topshirig‘iga asosan mas’ul xodimlar o‘quvchi holidan xabar olgan. O‘rganishlar yakuni yuzasidan qo‘shimcha axborot beriladi.

Kiritildi: 20:06 09.10.2024. O'qildi: 425 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!