Bugun 29 oktyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Qashqadaryoda haydovchilar yo‘l talashib mushtlashdi

A A A
Qashqadaryoda haydovchilar yo‘l talashib mushtlashdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatida 2 kishini bir to‘da ko‘cha bezorilari do‘pposlab ketgani aytilgan xabar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, 11 aprel kuni kech soat 22:00 larda fuqaro F.F. boshqaruvida bo‘lgan Damas rusumli transport vositasi bilan Shahrisabz shahar “Nomozgoh” MFY T.Boxodir ko‘chasi bo‘ylab boshqarib borayotgan vaqtida fuqaro S.B. boshqaruvida bo‘lgan transport vositasi bilan bir-biriga yo‘l bermasdan harakatlanishgani oqibatida o‘zaro tortishib qolishgan.

Ular T.Boxodir ko‘chasida joylashgan dorixonaning oldida transport vositalarini to‘xtatib, fuqaro F.F boshqaruvida bo‘lgan Damas rusumli transport vositasi salonida bo‘lgan fuqarolar Q.A, B.X, S.S, A.M.lar transport vositasidan tushib kelib, o‘zaro janjal qilib, fuqarolar S.B, S.SH.larga tan jarohati yetkazishgan.

Mazkur holat yuzasidan JKning 105-moddasi 2-qismi bilan Shahrisabz shahar IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, shu kunning o‘zida gumon qilinuvchilar JPKning 221-moddasi tartibida ushlanga

Kiritildi: 19:55 12.04.2024. O'qildi: 1159 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!