Qashqadaryoda gazeta-jurnallar obunasiga qariyb 10 milliard so‘m?!
— "Revizor" ma’lumotlari.
2025 yil boshidan shu kungacha Qashqadaryo viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan 9,7 milliard so‘mlik obuna shartnomalari tuzilgan.
Barcha shartnomalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelishuv orqali amalga oshirilgan.
Eng yirik to‘lovlar:
➖ "SIFAT PLYUS POCHTA" MCHJ — 2,1 mlrd + 2,19 mlrd so‘m;
➖ "O‘ZBEKISTON POCHTASI" AJ — 579 mln, 2 mlrd, 1,48 mlrd so‘m;
➖ "TEZKOR TARQATUVCHI" MCHJ — 1,15 mlrd so‘m;
➖ "SHARQ MADANIYATI" MCHJ — 135 mln so‘m.
Har bir shartnoma bo‘yicha ochiq manba havolalari mavjud.
Ushbu shartnomalarning umumiy so‘mmasi 9.735.612.094 so‘mni tashkil etadi.