Bugun 15 mart, 2025 yil, shanba

КИР

Qashqadaryoda fuqaro 243 mln. so‘mlik tabiiy gazni talon-toroj qilgan

Qashqadaryoda fuqaro 243 mln. so‘mlik tabiiy gazni talon-toroj qilgan

Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq holatlarni fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Xususan, Qashqadaryo viloyati Koson tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro A.A yashash uyida qurilgan 16 sotixli issiqxonani isitish uchun 5 dona qo‘lbola gorelkani o‘zboshimchalik bilan gaz quvuriga ulanishi oqibatida 243 mln. so‘mlik tabiiy gazni talon-toroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro A.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxs prosessual tartibda ushlangan.

Hurmatli fuqarolar!

Energiya resurslaridan belgilangan tartibda va oqilona foydalaning.

Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini fosh etishga qaratilgan kuchaytirilgan reyd tadbirlari davom etmoqda.

Shuni unutmangki, energoresurslardan qonunga xilof ravishda foydalanish holatlari fosh etiladi va jazo muqarrarligi ta’minlanadi,- deyiladi xabarda.

Kiritildi: 13:32 14.03.2025. O'qildi: 397 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!