Ma’lum qilinishicha, Qamashi tumanidagi hodisa er va xotir o‘rtasidagi janjaldan boshlangan. Ayol er bilan yashamasligini bildirib, o‘z uyiga ketmoqchi bo‘lgan. Ammo, er bunga qarshilik qilib, janjal chiqargan va o‘z farzandini qo‘liga olib, agar ayoli ketib qolsa, o‘zini va farzandini o‘ldirishini aytgan.
Ayol esa IIOga qo‘ng‘iroq qilib, yordam so‘ragan. Voqea joyiga bir nechta profilaktika inspektorlari kelib, erkakning qo‘lidagi pichoqni olib qo‘yishga harakat qilayotganida erkak xodimlardan birining bel qismiga pichoq sanchib olgan. Xodim tan jarohati bilan shifoxonaga murojaat qilgan.
"Hozir sog‘ligim yaxshi, shifokorlar yordam ko‘rsatdi", - deydi jarohatlangan xodim.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, Qamashi tumani prokuraturasiga yuborilgan.