Ma’lumki, Ukraina ilg‘or texnologiya ishlab chiqish uchun zarur muhim xom ashyo va kattagina noyob yer zaxirasiga ega davlat.
O‘tgan juma kuni bo‘lib o‘tgan Tramp va Zelenskiy o‘rtasidagi qizg‘in qarama-qarshilik asoslari allaqachon kelishilgan bitim imzolanishiga to‘sqinlik qildi. Shundan so‘ng AQSh Ukrainaga harbiy yordam berishni vaqtincha to‘xtatdi.
Bil’aks, Kiyev hukumati AQShning Ukraina tabiiy resurslariga imtiyozli kirishi imkoniyatini saqlab qolish maqsadida Tramp hammasini qaytadan o‘ylab ko‘rishidan umid qilmoqda.
Avvalroq Qo‘shma Shtatlar yetakchisi Ukrainaga urush boshlangandan beri ko‘rsatilgan moliyaviy yordamni qaytarish imkoni berilishini bildirgandi. Uning aytishicha, bu miqdor 350 milliard dollar. 2022 yildan buyon atigi 83,4 milliard dollar qaytarilgan.
Ukrainada qanday xom ashyo va minerallar bor?
Jahon iqtisodiy forumi ma’lumotiga ko‘ra, Ukrainada 116 turdagi 20 000 foydali qazilma koni mavjud bo‘lib, shundan 3055 tasi yoki 15 foizi urushdan oldin faol edi.
Bu zaminda elektr transport vositalarida qayta zaryadlanuvchi akkumulyator ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan 500 000 tonna, Yevropaning uchdan bir qismi, jahon zaxirasining 3 foiziga to‘g‘ri keladigan foydalanilmagan lityum bor.
Ikki yirik ob’ekt – Doneskdagi Shevchenko koni va Zaporojyedagi Kruta Balka mojaro hududida joylashgan.
Shuningdek, aero fazoviy, harbiy va tibbiy sohada qo‘llanadigan titanning 6 foizi Ukraina hissasiga to‘g‘ri keladi. Mamlakat yarim o‘tkazgichlar xom ashyosi – galliy ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinni egallaydi, grafit koni ko‘pligi borasida yer yuzidagi besh yetakchi davlatdan biri hisoblanadi.