Bugun 3 fevral, 2026 yil, seshanba

КИР

Qashqadaryoda alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy saqlanishi va ishlab chiqarish holatlari fosh etildi

Qashqadaryoda alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy saqlanishi va ishlab chiqarish holatlari fosh etildi

1️⃣ Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yakkabog‘ tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.Z. “Ziyokor” MFY hududidagi xonadonda 219,9 mln qalbaki aksiz markali so‘mlik qo‘lbola usulda tayyorlangan 6 556 dona alkogol mahsulotlari va 216,2 mln so‘mlik 7 420 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini saqlab kelayotganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

2️⃣ Departamentning Kitob tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro SH.I. “Istiqbol” MFY hududidagi xonadonda yashirin sex tashkil etib, qo‘lbola usulda alkogol mahsulotlari ishlab chiqarayotganligi aniqlanib, yashirin sexdan 137 000 dona qopqoq, 2 200 litr spirt, 8 100 dona qalbaki aksiz marka va ishlab chiqarishda foydalanilgan boshqa mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Tadbir davomida fuqaro SH.I.ning “Tutzor” MFY hududidagi onasining xonadonidan 2 021 dona alkogol mahsulotlari, 3 197 dona qalbaki aksiz marka va 180 litr spirt ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) va 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: Bugun 10:45. O'qildi: 228 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!