Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Qashqadaryoda 38 yoshli ayol o‘z onasini so‘yib tashlamoqchi bo‘ldi

Qashqadaryoda 38 yoshli ayol o‘z onasini so‘yib tashlamoqchi bo‘ldi

Joriy yilning 4 avgust kuni Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani Bog‘ariq mahallasida 38 yoshli ayol o‘z onasini o‘ldirmoqchi bo‘ldi. Bu haqda "Nasafnews" xabar bermoqda.

Aniqlanishicha, tumanning Bog‘ariq mahallasida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan A.X. 1954 yilda tug‘ilgan onasi I.B. bilan tortishib, onasining bo‘yin qismiga pichoq bilan jarohat yetkazgan. Shundan so‘ng, ona Kasbi tumani tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. Hozirda uning ahvoli qoniqarli ekani aytilmoqda.

"Nasafnews" to‘plagan ma’lumotga ko‘ra, o‘z onasiga hujum qilgan 38 yoshli ayol asab-ruhiy kasalliklar shifoxonasida hisobda turgan. Voqea sodir bo‘lishidan avvalroq shifoxonada davolanib chiqqan. Qo‘shimcha qilinishicha, hozirda ayol yana majburiy tartibda asab-ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

Kiritildi: 22:15 12.08.2022. O'qildi: 5190 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!