Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Qashqadaryoda 14 yoshli qiz ota-onasi tomonidan ayovsiz kaltaklandi (VIDEO)

Qashqadaryoda 14 yoshli qiz ota-onasi tomonidan ayovsiz kaltaklandi (VIDEO)

Ijtimoiy tarmoqlarda ota o‘z qizini ayovsiz kaltaklayotgani aks etgan video tarqaldi.

Viloyat IIBning ma’lum qilishicha, joriy yilning 16 aprel kuni taxminan soat 11:30 larda Qashqadaryo viloyati Koson tumani “Qorabayir” mahallasida yashovchi 2009 yilda tug‘ilgan X.G. 1982 yilda tug‘ilgan onasi M.M. hamda 1978 yilda tug‘ilgan otasi T.R. tomonidan kaltaklangan.

Mazkur holat voyaga yetmagan qizning amakisi tomonidan videotasvirga olinib, Ichki ishlar organlariga xabar berilgan.

Hozirda voqea ishtirokchilarining barchasi aniqlanib, tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Voyaga yetmagan qizning otasi T.R. ruhiy kasalliklar dispanseriga tekshirish uchun yuborilgan. Jabrlanuvchi X.G.ga nisbatan yetkazilgan tan jarohatlarini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Kiritildi: 16:11 19.04.2023. O'qildi: 3962 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!