Bugun 13 mart, 2025 yil, payshanba

КИР

Qashqadaryoda 103 ta daraxtlar noqonuniy kesilgani aniqlandi

Qashqadaryoda 103 ta daraxtlar noqonuniy kesilgani aniqlandi

2024 yil dekabr oyida Qashqadaryo viloyati, Ko‘kdala tumani "Ayritom" mahallasidan 30 dan ortiq qoratol daraxtlari noqonuniy kesilgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabar tarqaldi.

2025 yil 11 fevral kuni o‘tkazilgan tekshiruvda "Sho‘rquduq" mahallasida fuqaro N.Oqmirzayev tomonidan 103 tup “Ko‘ktol” daraxtlari noqonuniy ravishda kesilgani tasdiqlandi.

Shu asosda tuman prokuraturasi Jinoyat kodeksining 198-moddasi 2-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atib, tergov tuman IIBga yuborildi. Mazkur holat Bosh prokuratura nazoratiga olingan.

Kiritildi: 21:22 12.03.2025. O'qildi: 313 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!