Departamentning Qarshi shahri, Qamashi va Yakkabog‘ tumani bo‘limlari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda fuqarolar L.R., O‘.E. va R.M. ushbu hududlarda joylashgan yashash xonadoni yordamchi xo‘jaligi va noturar binolarda tashkil etgan yashirin sexlarda yog‘ ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib kelayotganliklari aniqlandi.