O‘zenergoinspeksiya Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi va gaz ta’minoti korxonasi hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida Qarshi shahrida “G. O.” MCHJga qarashli umumiy ovqatlanish shoxobchasida o‘zboshimchalik bilan ortiqcha gaz anjomlarini o‘rnatib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelinayotgani aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida gaz ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 163 million so‘mlik zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.