19 noyabrdan 20 noyabrga o‘tar kechasi Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanidagi o‘rta bosimli gaz quvurida gaz sizib chiqish holati kuzatilgan.
«Hududgaz Qashqadaryo» gaz ta’minoti filiali xabariga ko‘ra, shu sababli «Mirishkor» va «Yangi Mirishkor» MFYda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi.
Mazkur holat yarim tunda sodir bo‘lgan va bu vaqtda tabiiy gaz ta’minotini qayta tiklash iste’molchilarga xavf tug‘dirishi mumkin ekani aytilgan.
Shuni inobatga olgan holda, «Mirishkor» va «Yangi Mirishkor» MFYdagi 1376 xonadon hamda mazkur hududlarda joylashgan 21 ta ulgurji iste’molchida tabiiy gaz ta’minoti 20 noyabr kuni soat 16:00 da tiklanishini ma’lum qilindi.