Bugun 9 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarish holatlari fosh etildi

Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarish holatlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ko‘kdala tumani bo‘limi va IIB xodimlari xamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.B. “Suvliq” MFY hududidagi xonadonining yordamchi xo‘jaligida yasama juvoz uskunasini o‘rnatib, yog‘ mahsuloti ishlab chiqarayotganligi aniqlanib, tadbir jarayonida juvoz uskunasi, 165 litr iste’molga yaroqsiz yog‘ va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan jihozlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Oqdaryo tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro SH.O. “Galaravot” MFY hududidagi xonadonida yog‘ mahsuloti ishlab chiqarayotganligi aniqlanib, undan juvoz uskunasi, iste’molga yaroqsiz yog‘, 846 kg chigit va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan jihozlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 14:22 13.02.2025. O'qildi: 841 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!