Majburiy ijro byurosi Toshkent viloyat boshqarmasi ish yurituvidagi iqtisodiy ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudining qarzdor jamiyatdan undiruvchi “Turonbank” AT banki foydasiga jami 1.467.786.200 so‘m kredit qarzini undirish, undiruvni garov mulki bo‘lgan qarzdorning o‘ziga tegishli bulgan 2019 yilda ishlab chiqarilgan garovdagi 4 dona “MAN” rusumli transportga qaratish to‘g‘risidagi ijro hujjati yuzasidan qarzdorga sud qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan ixtiyoriy muddat berilgan.
Lekin qarzdor ixtiyoriy muddat davomida bank oldidagi qarzini bartaraf etmagani sababli, qarzdor korxonaga tegishli mazkur avtotransport vositasi ro‘yxatga olinib, xatlandi va elektron onlayn-auksion savdolari orqali jami 3.200.000.000 so‘mga sotildi hamda savdodan tushgan pullar qarzdorlikni qoplash uchun yo‘naltirildi.