Bugun 15 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

Qarzdorning Malibu avtomashinasi topildi

Qarzdorning Malibu avtomashinasi topildi

Agar kredit olgan shaxs bank oldidagi majburiyatlarini bajarmagan taqdirda sud tomonidan kredit qarzdorliklarini garovdagi mulkiga qaratish to‘g‘risida ijro varaqasi chiqariladi.

Jumladan, Sudning tijorat banki foydasiga qarzdor S.X.dan kredit qarzdorlik undiruvini garov mulki hisoblangan «Malibu 2» avtomashinasiga qaratish to‘g‘risidagi ijro varaqasi byuroning Jizzax shahar bo‘limiga kelib tushgan.

Mazkur ijro ishi doirasida S.X. bir necha bor ogohlantirilishiga qaramasdan qarzdorlikni to‘lashdan bosh tortib, o‘ziga tegishli bo‘lgan garovdagi avtomashinasini xatlashdan yashirib kelgan.

Keyingi ijro harakatlarida ushbu avtomashinaga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.

Ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli «Malibu 2» Jizzax shahri markaziy ko‘chalaridan birida harakatlanayotganligi aniqlanib, jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Kiritildi: Bugun 13:42. O'qildi: 368 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!